⚡ Faceless YouTube kanallar uchun · Windows

Mavzuni yozing.Tayyor videoni oling.

Ssenariy, ovoz, media, montaj, muqova va YouTube tavsifi — bitta dasturda, bitta tugmada. API kalit, obuna yoki montaj dasturi kerak emas.

Har qanday uzunlik — 1 daqiqalik qisqa videodan 2 soatlik hujjatli filmgacha.

Eng kuchli AI modellar ustida ishlaydi
ClaudeGeminiNano BananaAI ovozlarWhisperWikimediaNASAPexels
Qanday ishlaydi

Bitta sarlavha — bitta tayyor video.

Taymlayn yo'q, media qidirib o'tirish yo'q. Xohlasangiz har qadamni ko'rib o'zgartirasiz, xohlasangiz bitta tugma bosib kutasiz.

1Kanalni sozlang

Ovoz, montaj uslubi, uzunlik — bir marta.

2Sarlavha yozing

Yoki AI topgan g'oyalardan birini tanlang.

3Videoni oling

Video, muqova, nom, tavsif va teglar tayyor.

Imkoniyatlar

Faceless kanalga kerak bo'lgan hamma narsa.

Oldin 6 ta alohida obuna va soatlab qo'l mehnati edi. Endi bitta dastur va bitta kredit balansi.

💡Viral sarlavhalar

Kanalingizda hali bo'lmagan mavzular va raqobatchilar sarlavhalaridan o'rganilgan viral variantlar.

  • Kanaldagi videolar bilan takrorlanmaydi
  • Mavzu internetda o'rganiladi

📝AI ssenariy

Yoqtirgan kanalingiz videosini yuklang — tizim uning uslubi, hook va tuzilishini o'rganib, shu ohangda yozadi.

  • Uzunlikni o'zingiz belgilaysiz
  • Yoki o'z ssenariyingizni qo'yasiz

🎙AI ovoz

Yuzlab professional ovoz — tinglab tanlaysiz. Bir marta o'qilgan matn ikkinchi marta pullik o'qilmaydi.

  • So'zma-so'z vaqt — subtitr aniq joyida
  • Tezlik va ohang sozlamalari

🎞Media — siz tanlaganingizdek

Nechta AI rasm, nechta real foto/video, nechta stock bo'lishini o'zingiz belgilaysiz. Real media faqat erkin litsenziyali.

  • Wikimedia, NASA, DVIDS, Pexels, Pixabay
  • 8 xil AI rasm uslubi yoki o'z namunangiz

✂Avtomatik montaj

Gapga mos animatsiyalar, o'tishlar, karaoke subtitr, kayfiyatga mos musiqa va yumshoq effektlar. Render sizning kompyuterda.

  • Navbat yo'q, render uchun to'lov yo'q
  • Musiqa Content ID'siz

🖼Muqova va YouTube matni

Namuna muqova bersangiz — shu uslubda chizadi. Yozuvni qatorma-qator, rangi bilan o'zgartirasiz. Nom, tavsif va teglar o'zi yoziladi.

  • Logo va watermarksiz
  • CC BY mualliflari tavsifga qo'shiladi
Montaj grafikalari

Gapga mos animatsiyalar — har videoda.

Diktor raqam aytsa — raqam sanaladi, yil aytsa — vaqt chizig'i, iqtibos keltirsa — iqtibos kartasi chiqadi. Grafikalar o'zi joylanadi va kompyuteringizda chiziladi. Quyidagi kadrlar dasturning o'zida render qilingan — ustiga olib boring.

Raqam sanash

Yil belgisi

Iqtibos kartasi

Juft taqqoslash

Ro'yxat kartasi

Urg'uli ibora

Burchak statistikasi

Vaqt chizig'i

50+ animatsion grafika12 tayyor montaj uslubiO'z kanal shabloningizni yaratish
Yo'nalishlar

Ovoz va vizualda turadigan kanallar uchun.

Hujjatli tarixdan bugungi yangiliklar dayjestigacha.

📜

Hujjatli va tarix

Chuqur izlanilgan ssenariy, real arxiv rasmlari, xotirjam ovoz — uzun hujjatli videolar.

📰

Yangiliklar (News)

AI bugungi yangiliklarni topib dayjest qiladi: real media, animatsion xarita, sana va davlat yorliqlari.

🎨

Explainer va multfilm

Doimiy qahramonli AI rasmlar, qo'lyozma kartalar, raqam va diagramma animatsiyalari.

Narxlar

Kanalingizni o'stiramiz.

Bir martalik kalit — obuna emas. Har tugmada qancha kredit ketishi oldindan ko'rinadi. Kredit tugasa yangi kalit bilan to'ldirasiz, kreditlar qo'shilib boradi.

Starter

Boshlash uchun

$29bir martalik

Ichida

  • 3 010 kredit
  • ~19 ta 10-daqiqalik video (real media bilan)
  • yoki ~7 ta video (yarmi AI rasm)
Starter'ni olish
★ TAVSIYA ETILADI

Creator

Doimiy chiqaradigan kanal uchun

$59bir martalik

Ichida

  • 6 600 kredit
  • ~42 ta 10-daqiqalik video (real media bilan)
  • yoki ~17 ta video (yarmi AI rasm)
Creator'ni olish

Pro

Bir nechta kanal uchun

$119bir martalik

Ichida

  • 14 270 kredit
  • ~92 ta 10-daqiqalik video (real media bilan)
  • yoki ~36 ta video (yarmi AI rasm)
Pro'ni olish

Har tarifda

To'liq zanjir: g'oya, ssenariy, ovoz, media, montaj, render Istalgan uzunlik — 1 daqiqadan 2 soatgacha 12 montaj uslubi va o'z shabloningiz Bir nechta kanal bitta dasturda Real media, musiqa, SFX, render — bepul Interfeys: o'zbek, ingliz, rus
Savollar

Boshlashdan oldin so'raladigan savollar.

Kredit nima va nimaga ketadi?

Kredit — tizim ichidagi hisob birligi. Pul ketadigan AI qadamlarga ishlatiladi: ssenariy yozish, ovoz, AI rasm, montajni rejalashtiradigan AI. Internetdan real foto/video qidirish, fon musiqasi, ovoz effektlari, subtitr va videoni render qilish — bepul. Har qadamda qancha kredit ketishi oldindan ko'rinadi.

O'z API kalitlarim kerakmi?

Yo'q. Hech qanday API kalit, obuna yoki alohida to'lov kerak emas — hammasi narxga kiritilgan. Dastur so'rovlarni bizning serverimiz orqali yuboradi.

Videolarim mualliflik huquqi bo'yicha xavfsizmi?

Media faqat erkin litsenziyali manbalardan olinadi (Wikimedia Commons, NASA, AQSh davlat arxivlari, Pexels, Pixabay). Fon musiqasi — Content ID'siz bepul treklar. CC BY talab qilgan mualliflar video tavsifiga avtomatik yoziladi.

Montaj uslubini o'zim tanlaymanmi?

Ha. 12 ta tayyor uslubdan birini tanlaysiz yoki yoqtirgan kanal videosini yuklab, o'z shabloningizni yaratasiz. Media (AI, real, stock) va subtitrni siz belgilaysiz — uslub qanday media bo'lsa ham referensdagidek montaj qiladi.

YouTube'ga o'zi yuklaydimi?

Hozircha yo'q. Video, muqova, YouTube nomi, tavsifi va teglari tayyor holda chiqadi — nusxa olib joylashtirasiz. Avtomatik yuklash ishlab chiqilmoqda.

Qancha vaqt oladi?

Ssenariy va ovoz — bir necha daqiqa. Eng ko'p vaqt media qidirish va renderga ketadi, bu kompyuteringiz quvvatiga bog'liq. Jarayon foiz bilan ko'rinadi, pauza qilib qo'yish mumkin.

Qanday kompyuter kerak?

Windows 10 / 11 (64-bit), 8 GB RAM tavsiya etiladi, internet. Birinchi ishga tushishda kerakli dasturlar (ffmpeg, Node.js, Whisper) o'zi yuklanadi. Kalit bitta kompyuterga bog'lanadi — kompyuter o'zgarsa, yozing, ko'chirib beramiz.

Instagram Reels / TikTok bormi?

Hozir faqat YouTube (16:9). Vertikal format — tez kunda.

Qanday to'layman?

Telegram orqali: @adhamovcg ga yozing, tarifni tanlaymiz, to'lovdan keyin kalitni yuboraman. Kalitni dastur birinchi ochilganda kiritasiz.

Keyingi videongiz — bitta sarlavha uzoqlikda.

Savollaringiz bo'lsa yozing — tarifni birga tanlaymiz va kalitni yuboraman.

Telegram orqali sotib olish →